“Andijon” – “So‘g‘diyona” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.
- Nima ham derdim, “So‘g‘diyona”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq bo‘lishdi. Shuning uchun raqibni g‘alaba bilan tabriklashdan boshqa ilojimiz yo‘q. Bunday o‘yinlarda birgina gol o‘yin taqdirini hal qilib ketadi. Bizda nimagadir hech nima o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda standart vaziyatlarga umid qilgandik. Raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi. Afsuski, muxlislarimizni xursand qila olmadik.
- Jamoaga nima yetishmadi?
- Birinchi taymga nazar soling, hujumlarimizga tajovuzkorlik yetishmadi. Qanotlardan uyushtirgan hujumlarimiz ham samarasini bermadi. Ayniqsa, maydon markazini berib qo‘ydik. Bunday bahslarda himoyada ishonchliroq o‘ynash kerak. Alohida ta’kidlab o‘tamanki, “So‘g‘diyona” aqlli futbol ko‘rsatdi va shuning hisobiga g‘alaba qozondi. Qaysidir vaziyatlarda qulay imkoniyatlarini kutib turishdi.
- Azimov uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. U jamoa uchun katta yo‘qotishmi?
- Albatta, uning yo‘qligi sababli bizga qiyin bo‘ldi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, yigitlar harakat qilishdi. Lekin bizda o‘xshamadi. Aytishim mumkinki, bu bizga dars bo‘ldi. Kerakli xulosalarni chiqaramiz va oldinga intilamiz. Xatolarni to‘g‘rilaymiz.
- Farhod Bekmuratov birinchi bo‘limdan keyin almashtirilgach, maydon markazi boy berildi. Bunga nima deysiz?
- Fikringizga to‘liq qo‘shilaman. U markazda yaxshi o‘ynayotgandi. To‘g‘risi, bitta sariq kartochka olgandi va shuning uchun almashtirishga qaror qilgandik. Bilmadim, balki uni almashtirganimizdan keyin maydon markazida yo‘qotishlar bo‘lgandir. Hozirgi qaynoq paytda biror fikr aytish ham qiyin. Rosti, 10 kishi bo‘lib qolishimizdan cho‘chigandim.
- Oxirgi paytlarda Luka Zgurskiyning o‘yinida pasayish bo‘layotgandek...
- Ko‘rinib turibdi, u hali yosh. Ammo harakat qilyapti. To‘g‘ri, bugungi uchrashuvda qandaydir o‘yini o‘xshamagandir.
- Sherzod Esanov oldin ancha yaxshi o‘ynayotgandi. Balki olimpiya terma jamoasiga chaqirilmagani unga biroz ta’sir ko‘rsatgandir...
- Yo‘q, bu bilan bog‘liq emas, deb o‘ylayman. Xulosalar chiqarganmiz. Markazda aynan Sherzod Esanovga o‘xshagan o‘yinchilar bo‘lishini xohlayman. Bilaman, ular yosh va barqaror o‘yin ko‘rsatishi qiyin bo‘lishi mumkin. Bunday yoshda har doim bir xil o‘yin ko‘rsatadi, desak mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Yoshlar tajriba to‘plashyapti va vaqti kelganda kuchli futbolchiga aylanishadi.
- “Andijon” mavsumni yaxshi boshladi, ammo oxirigacha bir xil tempda o‘ynash qiyin. Masalan, ikkala qanotdagi futbolchilar oxirigacha barqaror o‘ynaydi, deb aytish amrimahol. Jamoada shuningdek, chap oyoqda o‘ynaydigan vingerlar yo‘q...
- Fikringizga qo‘shilaman, chapaqay o‘yinchi jamoamizda yo‘q. Zahirada futbolchilarimiz bor. Ular bilan kamchiliklarimizni to‘ldiramiz. Kerakli xulosalarni chiqaramiz. Bizda ham ikki marta standart vaziyatdan imkoniyat bo‘lgandi. Ammo darvozabon yaxshi harakat qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi