Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi

Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Rossiya kubogi finalidan o‘rin olgan SSKA - "Zenit" to‘qnashuvining birinchi o‘yinida durang natija qayd etildi.

Dastlab, Zobolotniy hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Eroxin farqni yo‘qqa chiqardi. Fayzullayev esa 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, javob bahsi 15 may kuni bo‘lib o‘tadi.

SSKA – Zenit 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar
: 1:0 – 53 Zabolotniy, 1:1 – 84 Yeroxin.

SSKA – Torop, Gayich, Moyzes, Diveyev, Villian Rosha, Agapov, Zdyelar, Mendes (Fayzullayev, 70), Oblyakov, Zabolotniy (Musayev, 70), Chalov (Davila, 77).

Zenit – Adamov, Rodrigao, Alip, Barrios, Mantuan, Vasilyev (Duglas Santos, 84), Vendel (Klaudino, 62), Axmetov (Kovalenko, 62), Pedro (Izidor, 75), Sergeyev (Yeroxin, 75), Artur.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar