Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "So‘g‘diyona" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
- Bunaqa o‘yinlar O‘zbekiston futboli uchun kerak. Atmosfera va muxlislar oqimi juda zo‘r bo‘ldi. Birinchi bo‘limda ko‘ngildagidek o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz kuchaydi. G‘alaba qozona olgan ekanmiz, barchani tabriklayman.
Juda yaxshi raqib bilan o‘ynadik. Muxlislar va maydondagi atmosfera juda ajoyib edi.
- Yon hakamga sizda e’tirozlar bo‘ldi. Shunga izoh bersangiz...
- Men ham insonman. O‘yin vaqtida emotsiya bo‘ladi. Bugun bizda hakamlikka nisbatan e’tiroz yo‘q.
- Vaqt cho‘zishlar sizning ko‘rsatmangiz edimi?
- Men nechta o‘zgarish amalga oshirdim? Jarohatlar nechta bo‘ldi. Siz hozir arabcha futbolga qiyoslarsiz balki. Faktlar bilan o‘z o‘yinimizni izohlab bera olaman. Men 3 marta shifokorlarni maydonga tushishdan qaytardim, bu fakt. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi