"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Kadis" (3:0)ga qarshi La Liga 34-tur doirasidagi o‘yindan so‘ng 19 yoshli yarim himoyachi Arda Gyulerning o‘yini haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, turk "qaymoqranglilar"ning asosiy tarkibida maydonga chiqdi va 66-daqiqada almashtirildi.
"Nega Gyulerga to‘liq 90 daqiqa o‘ynashga bermadim? Arda o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni o‘ynadi, sababi u juda ham yosh. U o‘z sifatlarini ko‘rsatishni boshlayapti... va bugun uni o‘yindan oldim, sababi menga yangi oyoqlar va o‘yindagi g‘alaba kerak edi. "Real" bilan shartnoma imzolayotganimda ular menga yoshlarga daqiqalar berishni emas, o‘yinlarni yutishimni so‘rashgan. U to‘g‘ri yo‘lda ekanligini ko‘ryapman va bu pozitiv holat. O‘tish davom etmoqda, sababi u rivojlanmoqda, qariya o‘yinchilar esa haligacha fantastik darajada", — deydi Anchelotti.
"Real" La Liganing joriy mavsumida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 34ta o‘yinda 87 ochko jamg‘ardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi