O‘zbekiston futbol federasiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Xalqaro press-klub yig‘ilishida sentyabr oyida o‘zbek futboli rivojlantirishning yangi konsepsiyasi qabul qilinishini ma’lum qildi, deb yozadi 1news.uz.
"Sentyabr oyida federasiyaning hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkaziladi. Unda Federasiyaning yangi rahbarlar tarkibi tasdiqlanadi. Bundan tashqari, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan o‘zbek futbolini rivojlantirish dasturi qabul qilinadi. Unda professional liga tizimini butkul o‘zgartirish, bolalar futbolini rivojlantirishning yangi tizimini yaratish ko‘zda tutilgan", - dedi Rahmatullaev.
U O‘zbekiston milliy terma jamoasining hozirgi o‘yini qoniqarsiz ekanligini tan oldi.
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi hali ham jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatini saqlab turibdi. Terma jamoa murabbiylar shtabiga boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishga imkon berishga qaror qilindi. Shuni aytish lozimki, terma jamoa natijasiga nafaqat bosh murabbiy, balki O‘FF ham javobgar hisoblanadi", - ta’kidladi Federasiya rahbarlaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...