10:36 / 01.08.2017
5 248

O‘zbekiston Kubogi-2017. «Lokomotiv» – «Nasaf»: Prevyu

O‘zbekiston Kubogi-2017. «Lokomotiv» – «Nasaf»: Prevyu
“Ajdarlar” 2 avgust chorshanba kuni Toshkentda yarim final dastlabki uchrashuvida “temiryo‘lchilar” bilan o‘zaro kuch sinashadi. Bu jamoalar o‘tgan yilgi finalda ham tuqnash kelishganini bilasiz.

“Nasaf” bu bilan o‘z tarixida ketma-ket ettinchi bor O‘zbekiston kubogi yarim finalida ishtirok etadi. Jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdievning murabbiylik faoliyatidagi oltinchi yarim final bo‘ladi.

2003 yilda jamoamiz "Navbahor" bilan yarim finalda kuch sinashgan va dastlab finalga chiqqan. 2011 yili “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi. 2014 yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarim finalida ishtirok etishgan ammo, ikki o‘yin natijasiga (0:1, 1:1) ko‘ra, “Bunyodkor” kubok finalchisiga aylangan. 2016 yili o‘zingizga ma’lum, “Nasaf” yarim finalda “Buxoro”ni mag‘lub etib (2:0, 2:1), finalga chiqqan.

Bu yil “Nasaf” kubok yarim finalida ikkinchi marta “Lokomotiv” bilan hisob-kitob qiladi. Esingizda bo‘lsa, 2015 yilgi yarim finalda aynan jamoamiz “Lokomotiv” jamoasini (2:0, 0:1) mag‘lub etib finalga yo‘l olgan edi.

Keling, 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarini esga olamiz. O‘sha yilgi yarim finalning dastlabki uchrashuvi Qarshida bo‘lgan. Unda jamoamiz “Lokomotiv”ni 2:0 hisobida dog‘da qoldirgan. Uchrashuvdagi gollarni birinchi bo‘limda Azamat Allaniyozov va Shohruh Gadoyevlar kiritishgan. Uchrashuv 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan.

Javob uchrashuvi 15 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. Unda “temiryo‘lchilar” kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Marat Bikmaev bo‘lgan. Har ikkala uchrashuv hisobiga ko‘ra, “Nasaf” finalga yo‘l olgan. Demak, mazkur jamoalar o‘z tarixida ikkinchi marta yarim finalda tuqnash kelishmoqda.

Yana qiziqarli faktlardan biri shuki, hozirgi paytda jamoamiz sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachimiz Jasur Hasanov 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan.

Hozirgi paytda “Lokomotiv” jamoasi safida to‘p tepayotgan Shuhrat Muhammadiev esa, “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Hatto u Qarshida bo‘lgan dastlabki uchrashuvning eng yaxshisi ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" - "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogining yarim finali dastlabki uchrashuvi, "Lokomotiv" stadionida 2 avgust chorshanba kuni soat 19:30da boshlanadi.


Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi-2017. «Lokomotiv» – «Nasaf»: Prevyu