17:24 / 12.11.2017
5 577

Gubernator kubogi: Isroil Madrimov oltin medal sohibi!

Gubernator kubogi: Isroil Madrimov oltin medal sohibi!
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha Gubernator kubogi musobaqasining 75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Isroil Madrimov rossiyalik Yakub Zuberni katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va terma jamoamiz hisobiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi.

Bundan oldin 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Sanjar Tursunov (-91 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Shunday qilib, ushbu turnirda uch nafar bokschimizning barchasi sovrinli o‘rinlarni band etib, 2 ta oltin va 1 kumush medali bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqa davomida ko‘plab o‘zbekistonliklar sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlab turishdi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gubernator kubogi: Isroil Madrimov oltin medal sohibi!