16:23 / 18.01.2018
5 418

Samvel Babayanning arman jurnalistiga javobi: «Mening Vatanim to‘g‘risida bunday deyishga nima haqqingiz bor?!»

Samvel Babayanning arman jurnalistiga javobi: «Mening Vatanim to‘g‘risida bunday deyishga nima haqqingiz bor?!»
So‘nggi kunlarning eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biri arman jurnalisti qalamiga mansub «Samvel Babayan millatchilik qurboni bo‘ldi» maqolasi va unga qarshi bildirilgan fikrlar bo‘ldi. Saytimizda ham «Babayan o‘zbekning oshini yeb katta bo‘lgan, bozbash* emas!», «O‘zbekistonda yashayotgan arman: «Tevos Arshakyan g‘araz to‘la maqolasi uchun uzr so‘rashi shart» kabi maqolalar berildi va ularda yuqoridagi maqolada bildirilgan fikrlar mutlaqo asossiz ekanligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda maqolaga bildirilayotan salbiy fikrlar keng yoritilayotgan bir paytda jurnalist hamkasblarimizdan biri Samvel Babayan bilan aloqalari saqlanib qolgani, sobiq murabbiy bu maqoladan qattiq xafa bo‘lgani, hatto kasal bo‘lib qolganini bildirib, bu maqolalarni saytimizdan olib turishimizni so‘radi.Tabiiyki, bunga rozi bo‘lmadik va Samvel Babayanning o‘z munosabatini bildirishini so‘radik. Tez orada sobiq bosh murabbiyning rasmiy javobi internet orqali yetib keldi va biz uni to‘lig‘icha e’tiboringizga havola qilmoqdamiz.

«Sizning provokatsion maqolangizni o‘qib, chuqur taajjubda qoldim. Qanday ma’naviy haqqingiz borki, asl vaziyatni bilmay turib, bizning Vatanimizda millatchilik borligi haqida yozasiz!

Men, Babayan Samvel, bu buyuk davlatning fuqarosi ekanligimdan faxrlanaman. Men o‘zbek mahallasida tug‘ilganman va mening birinchi so‘zlarim o‘zbekcha bo‘lgan. Bu Vatanga muhabbat menga ona sutim bilan kirgan, O‘zbekiston iftixori bo‘lgan farzandlarim va shogirdlarimni ham aynan shunday ruhda tarbiyalayman. Mening vatanimda bag‘rikenglik juda keng, har bir shaxsga millati va diniy qarashlaridan qat’i nazar o‘zini namoyon qilish uchun teng imkoniyatlar berilgan.

Mening millatim armanligi, mamlakat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimning o‘zi ham fikrimning yaqqol isbotidir va bunday misollar talaygina.

Sizning O‘zbekiston va o‘zbek xalqi haqidagi so‘zlaringiz mas’uliyatsizlik va hatto jinoyatdir. Men bu xalqning fazilatlari haqida bir umr gapirishim mumkin, lekin bunday qilmayman – chunki butun dunyo sizdan farqli ravishda bu haqda yaxshi biladi. Kim O‘zbekistonga bir marta tashrif buyursa, uni butun umr sevib qolishi aniq.

Sizdan mening ona Vatanim O‘zbekiston haqida kelgusida ma’nisiz va hech qanday asosga ega bo‘lmagan maqolalardan tiyilishni so‘rayman. Zero, men shu davlatning fuqarosiman va bundan faxrlanaman.

Siz kimsizki, o‘z hayotini, bor salohiyatini xalqi farovonligiga bag‘ishlagan prezidentimizga baho berasiz?! Mening bu so‘zlarimga asrlar davomida bu muazzam zaminda yashayotgan arman millatiga mansub barcha yurtdoshlarim qo‘shilishiga aminman.

O‘zingizning bunday xomxayollarga asoslangan va haqiqatdan uzoq bo‘lgan fikrlaringizni chop etishdan oldin mening ona yurtim O‘zbekistonga kelishni va bu yerda turli millatlar qanday totuv yashayotganini, Vatanimiz qanchalik rivojlanayotganini, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlayotganini o‘z ko‘zingiz bilan bir bor bo‘lsa-da ko‘rishni taklif qilgan bo‘lardim.

Mening futboldan chetlashtirilishim bu faoliyatda muntazam kuzatiladigan jarayon bo‘lib, men buni hech kim bilan, ayniqsa siz bilan muhokama qilmoqchi emasman va har bir gapimga javob berishga tayyorman.

Men sizning bunday provokatsion maqolani e’lon qilishdan maqsadingiz nima ekanini bilmayman, lekin, unutmangki, men yoki millatdoshlarim haqida yozarkansiz, jurnalistik odobga ko‘ra o‘zim yoki O‘zbekistonda yashovchi birorta arman millatiga mansub fuqarodan millatlararo munosabat haqida fikr olishingiz zarur emasmidi?

Mening bu holatga munosabatimni hisobga olib, sizdan bu maqolangiz uchun uzr so‘rashingizni talab qilaman hamda kelgusida bunday mavzularni ko‘tarishda aniq ma’lumotlarga asoslanishni va juda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etaman.
Samvel Babayan,
2018 yil 18 yanvar»


Ta’kidlash joizki, Samvel Babayan hatto o‘zbek futbolidan umrbod chetlashtirilganda ham rasmiy bayonot bermagandi. Uning shuncha vaqt jim turib, bu mavzu yuzasidan fikr bildirishi so‘zlarining samimiyligini anglatadi. Nima bo‘lganda ham, Babayanni ko‘p bora tanqid qilgan bo‘lsak-da, bu borada biz u bilan yakdilmiz — arman saytida e’lon qilingan maqola mutlaqo asossiz!

Xatning asl — ruscha varianti
«Prochitav vashu provokatsionnuyu statyu ya bыl v nedoumenii, kakoye vы imeli moralnoye pravo, pisat pro natsionalizm v nashey strane ne znaya istinoy situatsii.

Ya Babayan Samvel gorjus, chto ya grajdanin etoy velikoy stranы. Ya rodilsya i vыros v Uzbekskoy maxalle, kogda ya nachinal govorit moi pervыe slova bыli na uzbekskom yazыke. Ya s molokom materi vospitan v duxe lyubvi i patriotizma svoyey Rodine, i takje ya vospitыvayu svoix detey i uchenikov, kotorыe seychas yavlyayutsya gordostyu Uzbekistana. Moya strana ochen tolerantna i dayot vozmojnost proyavit sebya vsem ne zavisimo ot natsionalnosti i veroispovedanii. Tot fakt, chto ya armyanin i bыl naznachen na post glavnogo trenera govorit ob etom, i takix primerov mnogo.

Vashi slova ob Uzbekistane i uzbekskom narode bezotvetstvennы i prestupnы. Ya mogu beskonechno govorit ob etom narode i etoy strane, no ne budu etogo delat potomu, chto vo vsyom mire znayut ob etom kraye. Kto xot raz pobыval ne mojet ne vlyubitsya v Uzbekistan. Ya vas proshu v pret ne dopuskat takix gromoglasnыx i bezosnovatelnыx zayavleniy, kotorыe kasayutsya moyego rodnogo Uzbekistana, stranы grajdaninom kotorogo ya yavlyayus i gorjus etim. Kto vы takoy chtobы davat otsenku nashemu prezidentu, cheloveku kotorыy posvyatil vsego sebya slujeniyu svoyemu otechestvu i narodu. Pod moimi slovami podpishutsya vse armyane kotorыe na protyajenii vekov projivayut na etoy blagodatnoy zemle.

Chtobы ispravit svoyo uщerbnoye i iskajennoye mneniye o moyem rodnom Uzbekistane vam prejde chem pisat takiye provokatsionnыe stati ne meshalo bы priyexat i posmotret na skolko drujno zdes jivut lyudi raznыx natsionalnostey. Kak dinamichno razvivayetsya nasha strana, zavoyevыvayet vsyo bolshiy avtoritet na mejdunarodnoy arene. Moya diskvalifikatsiya eto rabochiye moment, kotorыy ya ne sobirayus ni s kem obsujdat, tem boleye s vami, i za kajdoye svoyo deystviye gotov otvechat. Ya ne znayu kakoy seli vы presledovali, kogda pisali etu provokatsionnuyu statyu, Sleduya jurnalistkoy etike vы doljnы bыli sprosit menya i drugogo armyanina yavlyayuщixsya grajdanami Uzbekistana o situatsii mejnatsionalnыx otnosheniy. Uchitыvaya vыsheizlojennoye ya trebuyu , chtobы vы izvinilis i bыli boleye otvetstvennы prejde chem podnimat dannuyu temu, ne imeya realnoy informatsii.
Babayan Samvel.
18.01.2018»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayanning arman jurnalistiga javobi: «Mening Vatanim to‘g‘risida bunday deyishga nima haqqingiz bor?!»