10:10 / 11.02.2018
3 802

La Liga. "Real" hamda "Real Sosedad" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol kiritildi

Ла Лига. "Реал" ҳамда "Реал Сосьедад" ўртасидаги ўйинда 7 та гол киритилди
Ispaniya chempionatining 23-turida "Real Madrid" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 5:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.

Madridliklar tarkibida Vaskes hamda Kroos 1tadan gol kiritgan bo‘lsa, Ronaldu hettrik qayd etdi. Mehmonlar javob gollarini Bautista hamda Ilyarramendi kiritishdi.

Real Madrid – Real Sosedad 5:2 (4:0, 1:2)
Gollar:
1:0 – 1 Vaskes, 2:0 – 27 Ronaldu, 3:0 – 34 Kroos, 4:0 – 37 Ronaldu, 4:1 – 74 Bautista, 5:1 – 80 Ronaldu, 5:2 – 83 Ilyarramendi.

Real Madrid – Navas, Ramos, Marselo, Karvaxal, Varan, Vaskes (Isko, 63), Modrich (Kovachich, 63), Kroos, Asensio (Beyl, 73), Benzema, Ronaldu.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, de la Belya, Odriosola, Navas, Surutusa (Subeldiya, 60), Ilyarramendi, Kanales (Bautista, 60), Priyeto, Oyarsabal, Xuanmi (Guridi, 83).
Ogohlantirishlar: de la Belya (47), Karvaxal (49), Kovachich (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. "Real" hamda "Real Sosedad" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol kiritildi