23:25 / 11.02.2018
6 388

Rasman! O‘zbek hujumchisi Premer-liga klubi bilan shartnoma imzoladi

Rasman! O‘zbek hujumchisi Premer-liga klubi bilan shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsumni “Buxoro” klubi tarkibida o‘tkazgan Ivan Nagayev faoliyatini Qozog‘istonPremer-ligasida ishtirok etadigan “Ordabasi” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Kelishuvga qancha muddatga mo‘ljallanganligi e’lon qilinmadi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Nagayev o‘tgan mavsum Oliy ligada 29 bahsda maydonga tushib, 9 ta gol kiritishga erishdi.

Umuman Nagayev shu vaqtga qadar Oliy ligada 143 o‘yinda ishtirok etgan va 50 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

Eslatib o‘tamiz, Nagayev 2015 yil yarim mavsum Quvaytning “Al Qodisiya” klubi safida to‘p surgan va o‘shanda 6 o‘yinda 2 ta gol kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! O‘zbek hujumchisi Premer-liga klubi bilan shartnoma imzoladi