08:11 / 11.04.2018
4 072

«Liverpul» ikkinchi o‘yinda ham «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi

«Ливерпуль» иккинчи ўйинда ҳам «Манчестер Сити»ни мағлуб этди
Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob bahsidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Liverpul» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Virgil van Deyk to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi, shundan so‘ng uni egallab olgan Fernandino jamoasining hujumini boshladi. O‘ng qanotdan tezlik olgan Raxim Sterling to‘pni jarima maydoniga uzatdi va Gabriel Jesus esa aniq zarbasi bilan mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng «Manchester Siti» ketma-ket hujumlar uyushtira boshladi, biroq mersisaydliklaring chuqur himoyasini yorib o‘tish «shaharliklar»ga nasib etmadi. Tanaffusgacha bir qator bahsli vaziyatlar va keskin holatlar yuzaga keldi.

Ikkinchi bo‘limni ham hujumkor boshlagan mezbonlar 56-daqiqada qarshi hujumni o‘tkazib yubordilar: Sadio Mane raqib jarima maydoniga yorib kirdi biroq unga Ederson xalal berib qoldi, darvozabondan qaytgan to‘p Muhammad Salohga kelib tushdi. Misrlik hujumchi esa sovuqqonlik bilan to‘pni himoyachi ustidan oshirib gol urdi va amalda o‘yin intrigasini so‘ndirib qo‘ydi.

77-daqiqada Nikolas Otamendining xatosidan foydalangan Roberto Firmino mersisaydliklarning ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa, Yurgen Klopp shogirdlari ikkinchi o‘yinda ham «Manchester Siti»ni taslim etishdi va yarim finalga yo‘l olishdi.

YeChL, Chorak final

Manchester Siti Angliya – Liverpul Angliya 1:2 (1:0, 0:2)

Gollar:
1:0 – 2 Gabriel Jezus, 1:1 – 56 Salax, 1:2 – 77 Firmino.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Fernandino, Silva (Aguero, 66), de Bryuyne, Sterling, Bernardu Silva (Gyundogan, 74), Sane, Gabriel Jezus.

Liverpul – Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold (Klayn, 81), van Deyk, Firmino (Klavan, 81), Oksleyd-Chemberlen, Salax (Ingz, 89), Veynaldum, Mane, Milner.

Ogohlantirishlar: Ederson (14), Mane (14), Aleksander-Arnold (29), Bernardu Silva (30), Firmino (35), van Deyk (65).

Ilk o‘yin: 0:3.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» ikkinchi o‘yinda ham «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi