Ertaga bo‘ladigan “Al Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va himoyachi Igor Golban ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ro‘ziqul Berdiyev: - Ertaga bo‘ladigan o‘yinda har ikkala jamoada ham hech qanday bosim yo‘q. Shundan kelib chiqib, erkin va chiroyli o‘yin bo‘lishini taxmin qilish mumkin. Ikkala jamoa ham bu yilgi OCHL guruh bosqichida guruhdan chiqa olmadi. Aslida biz guruh bosqichidan chiqishga harakat qildik, ammo ayrim yetakchi futbolchilarimizning shu uchrashuvlarda bizga yordam bera olmagani ham bunga imkon bermadi. Shuningdek, safardagi uchrashuvlarda ochko yo‘qotishimiz ham bizni guruh bosqichidan chiqish imkonimizni pasaytirib yubordi.
Biz, albatta, “Al Vasl” jamoasini hurmat qilamiz, jamoa tarkibida tajribali hujumchilar bor. Ammo vaziyat qanday bo‘lmasin, biz ertaga mazmunli o‘yin namoyish etib, ijobiy natija uchun harakat qilamiz.
Igor Golban: - Murabbiyimiz to‘g‘ri ta’kidladi. Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham bosim bo‘lmaydi. Chunki, o‘yinning natijasi ikkala jamoa uchun ham unchalik ahamiyatga ega emas. Ammo biz ertaga chiroyli o‘yin namoyish etib, muxlislarimizni xursand qilishunga urinamiz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi