Superliganing 19-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi kechgan bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Lokomotiv"da bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Andrey Fyodorov ishtirok etdi.
- O‘yin oldidan shunday qiziqarli bahs bo‘lishini kutgandim. O‘zbekistonda necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsam, "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalarining o‘zaro o‘yinlari har doim shunday ruhda o‘tib kelgan. Bunda maydon, uchrashuv o‘tkazilish joyining farqi yo‘q. Barchasi ajoyib tarzda kechadi. Bu klublar bir necha yillardan buyon hujumkor o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Gol urish uchun vaziyatlar anchagina bo‘ldi. Shunchaki, ko‘proq gol urgan jamoa g‘oliblikka erishdi. Muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatgani uchun jamoalarga rahmat aytaman.
Anzur Ismoilov: "Bugun ikkita ajoyib jamoa o‘zaro to‘qnash keldi. Tomonlar anchagina kuchli o‘yin ko‘rsata oldi. Menimcha, g‘alabada mahoratning o‘rni bilindi. "Bunyodkor" yosh va kuchli futbolchilardan tuzilgan ajoyib jamoa.
Birinchi bo‘lim yakunida to‘p darvoza chizig‘ini to‘liq kesib o‘tdi. Gol bor edi. Hech kimga e’tiroz yo‘q".
Manba: championat.asia
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda