O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kelasi yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda davom etadi.
Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz sentyabr oyida Suriya va Eron, oktyabrda esa KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdi.
Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, O‘zbekiston MTJ uchun noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi.
15 noyabr kuni vakillarimiz Livan terma jamoasiga qarshi to‘p sursa, 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. Har ikki uchrashuv Avstraliyaning Brisben shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi 2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi