01:17 / 11.11.2018
3 193

"Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

"Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida kechgan bellashuv gollarga boy o‘tdi. Hisobni 36-daqiqada Inyaki Uilyams ochdi. Ikkinchi bo‘limda Tomas Parti muvozanatni tikladi, ammo yana 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana Uilyams bilbaoliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuv so‘nggida esa Diyego Simeone shogirdlari iroda ko‘rsatib, nafaqat muvozanatni tiklashdi, balki, hisobda oldinga chiqib olishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Atletiko – Atletik 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar:
0:1 – 36 Inyaki Uilyams, 1:1 – 61 Parti, 1:2 – 64 Inyaki Uilyams, 2:2 – 80 Rodri Ernandes, 3:2 – 90 Godin.

Atletiko – Oblak, Montero (Jelson Martinsh, 56), Filipe Luis, Aryas, Godin, Rodri Ernandes, Parti, Saul, Korrea (Kalinich, 62), Diyego Kosta (Vitolo, 46), Grizmann.
Atletik –Yago Errerin, Martines, Nunes, Balensiaga, Berchiche, Susayeta (Kapa, 88), San Xose, Muniain, Benyat (Nolaskoayn, 67), De Markos, Inyaki Uilyams (Raul Garsiya, 76).
Ogohlantirish: Diyego Kosta (38), Benyat (49), Vitolo (66), Kalinich (66), Adan (66), San Xose (82), De Markos (86), Martines (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Atletiko" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi