Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi

  • 11 noyabr 2018, 09:47
  • 2 065
  • Sport
  • Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi
    O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Chikagoda o‘zining 15-jangini o‘tkazdi.

    Ushbu jangda Ergashevga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi - amerikalik bokschi ilk raunddayoq nokautga uchradi.

    Ma’lumot uchun, Remsi prof ringda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut bilan). 5 marotaba mag‘lub bo‘lgan (3 marotaba nokautga uchragan).

    Shohjahon Ergashev uchun esa bu 15-jangdagi 15-g‘alaba bo‘ldi. U janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi