3 678
Odil Ahmedov: Qatar xotiralari, Babayan va boshqa murabbiylar hamda hozirgi terma jamoa haqida
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ta’tilini o‘tkazayotgan milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov «Kun.uz» mehmoni bo‘ldi. Muxbir u bilan futboldagi yo‘li, o‘zbek futboli va terma jamoadagi ruhiyat to‘g‘risida suhbat qurdi.
Odil Ahmedov 1987 yil 25 noyabrda Namanganda tug‘ilgan, futbolchilik faoliyatining ilk yillarida «Navbahor», «Traktor», «Paxtakor» yoshlar klublarida to‘p tepgan. Professional faoliyatini «Paxtakor», «Anji» (Maxachqal’a) va «Krasnodar» kabi futbol klublarida davom ettirgan. 2016 yil so‘ngida Xitoyning «Shanxay SIPG» klubiga borib qo‘shilgan. U Xitoy chempionatida 2018 yilgi mavsumda o‘z klubi bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Video: Tas-IX
Video: Youtube.com
[media=https://www.youtube.com/embed/zCIl7zFPgAM]
— Faoliyatingiz davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida bir necha bosh murabbiy bilan hamkorlik qilgansiz. Ektor Kuper va ular olib borgan ish o‘rtasida qanday farqlar seziladi?
— Albatta, har bir murabbiyning o‘z ish uslubi bor. Kimdir hujum qilishni yoqtiradi, kimdir himoyani ma’qul ko‘radi. Yana biri esa mutlaqo boshqa taktika tarafdori. 2007 yildagi debyut o‘yinimni Rauf Talgatovich Inileyev qo‘l ostida boshlaganman. Undan keyin ko‘plab bosh murabbiylar almashdi. Ularning alohida birini ajratib ko‘rsata olmayman, barchasidan ozmi-ko‘pmi tajriba olganman. Hozirgi murabbiyimizning ish uslubi esa ko‘proq himoyaviy o‘yinga ixtisoslashgan.
— Milliy terma jamoa tarkibida Qatarga kechgan so‘nggi o‘yinda bosh bilan gol urdingiz. Bu shaxsiy tashabbusingizmidi yoki murabbiyning ko‘rsatmasi?
— O‘yinning ikkinchi bo‘limi edi, oldinga o‘tishimiz, muxlislar uchun esa g‘alaba kerak edi. Shu vaziyatda hujum rivojlanib borayotgan vaziyatda qanotdan to‘p uzatilishini sezib oldinga o‘tgandim. Qulay va omadli nuqtada turganim uchun bosh bilan gol urdim.
— Shu golda hujumda foydali ekaningiz ko‘rindi. Hozirda yaxshi yosh tayanch yarimhimoyachilar paydo bo‘lmoqda. Masalan, Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov. Endi «qora ishlar»ni yoshlarga qoldirib, hujumga yaqinroq o‘ynash haqida o‘ylamayapsizmi? Murabbiylar shtabi sizni hujum chizig‘ida o‘ynatish g‘oyasiga qanday qaraydi?
— Bunday qarorlarga kelishda murabbiyning o‘z qarashi bor. Misol uchun kimnidir yarim himoyada, kimnidir esa hujum ortida foydali deb biladi. Men ba’zi o‘yinlarda hujum ortida o‘ynadim, ba’zilarida esa tayanch yarim himoyachisi bo‘lib o‘ynadim. Qaysi pozitsiyada o‘ynashidan qat’i nazar, asosiysi, futbolchi jamoasiga foyda keltirsa bas. Shu sababli men ham u yoki bu pozitsiyada o‘ynayman, demaganman.
Suhbat davomida Odil Ahmedov Xitoy chempionati, futbolchi ruhiyati va mahorati, fentezi jamoasi va o‘zining kibersport o‘yinlaridagi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida so‘zlab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi