12:38 / 06.01.2019
3 743

Osiyo Kubogi—2019. Bugun Avstraliya va Suriya o‘yinga qo‘shiladi

Osiyo Kubogi—2019. Bugun Avstraliya va Suriya o‘yinga qo‘shiladi
6 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Xususan, «A» guruhida 1-tur bahslari yakunlanadi. Tailand terma jamoasi Hindiston bilan hisob-kitob qiladigan o‘yin 18:30 da boshlanadi. Guruhning ilk o‘yinida mezbon BAA terma jamoasi kecha Bahrayn bilan durang qayd etgandi.

«B» guruhi vakillari ham bugunning o‘zida 1-tur uchrashuvlarini o‘tkazadi. Jumladan, Avstraliya terma jamoasi Iordaniya termasi bilan kurashga kirishadi. Bellashuv 16:00 da boshlanadi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi esa Suriya hamda Falastin terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Osiyo Kubogi—2019
«A» guruhi, 1-tur


6 yanvar, yakshanba
Tailand—Hindiston 18:30

«B» guruhi, 1-tur
Avstraliya—Iordaniya 16:00
Suriya—Falastin 21:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi—2019. Bugun Avstraliya va Suriya o‘yinga qo‘shiladi