07:05 / 01.02.2019
5 338

BAA futbol assotsiatsiyasi Qatar termasi ustidan OFKga arznoma yozdi

BAA futbol assotsiatsiyasi Qatar termasi ustidan OFKga arznoma yozdi
Birlashgan Arab Amirliklari futbol assotsiatsiyasi Osiyo Kubogi yarim finalida Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:4) OFKga arznoma bilan chiqdi, deya xabar qilmoqda New York Times nashri.
Qatarliklar ikkita futbolchini noqonuniy yo‘l bilan termaga jalb qilganlikda ayblanmoqdalar. Ular sudanlik Al-Moiz Ali va iroqlik Basim Al-Roviy.

Qoidalarga ko‘ra terma jamoada to‘p suradigan futbolchi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng o‘sha mamlakatda kamida besh yil yashashi kerak. Hozirda Al-Roviy 21 yoshda, Ali esa 22da. Biroq bunda mustasno holatlar ham bor, unga ko‘ra, futbolchining ota-onasi yoki bobo-buvisi o‘sha mamlakatda tug‘ilgan bo‘lishlari kerak.

OFK ushbu holatni o‘rganib chiqayotganini ma’lum qilgan.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA futbol assotsiatsiyasi Qatar termasi ustidan OFKga arznoma yozdi