07:01 / 26.02.2019
3 681

PEPSI 2019 yilda ham O‘zbekiston Superligasiga titul homiy bo‘ladi

PEPSI 2019 yilda ham O‘zbekiston Superligasiga titul homiy bo‘ladi
O‘tgan mavsum o‘zbek futboli tarixida birinchi marta O‘zbekiston Superligasi o‘zining titul homiysiga ega bo‘lganini bilasiz. Dunyoga mashxur PEPSI kompaniyasi Superligaga titul homiy bo‘lish taklifini o‘rtaga tashladi va yakunda O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda PEPSI kompaniyasi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Natijada 2018 yilgi mavsumda Superliga uchrashuvlari payti PEPSI brendi o‘yin o‘tadigan stadion, uning atrofi hamda televideniyeda muvaffaqiyatli reklama qilindi.

Ortda qolgan 2018 yilgi mavsum davomida Professional futbol ligasi o‘zini yaxshi hamkor ekanini ko‘rsata oldi. Qolaversa, 2018 yilda milliy chempionatimiz o‘yinlari avvalgi yillardan farqli o‘laroq tashkilotchilik va tomoshaboplik jihatidan oldinga qadam tashladi. O‘yinlar translyatsiyasi soni ortdi. Natijada Superliga uchrashuvlariga muxlislarning o‘rtacha tashrifi soni deyarli 2 barobarga o‘sishi kuzatildi.

Bunday ko‘rsatgichlar yurtimizda faoliyat olib borayotgan qator tashkilot va kompaniyalarni befarq qoldirmadi. Professional futbol ligasi 2018 yil yakuniga kelib, Superligaga titul homiylik qilish bo‘yicha bir nechta manfaatli takliflar qabul qildi. Shular qatorida PEPSI kompaniyasi ham 2018 yilgi hamkorlik ikki tomon uchun ham samarali ko‘rinish olganini e’tirof etib, o‘zaro hamkorlikni 2019 yilda ham davom ettirish istagini bildirdi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘z o‘rnida PEPSI kompaniyasining milliy futbolimizga bo‘lgan e’tibori, ichki chempionatimiz yuqori divizioniga 2018 yilda birinchi bo‘lib titul homiy bo‘lish istagini bildirgani va ortda qolgan yilda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida Professional futbol ligasining barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaganini inobatga olib, aynan PEPSI brendining Superligaga 2019 yilda ham titul homiy bo‘lishiga qaror qildi.

Shu tariqa, PEPSI 2019 yilda ham Superligaga titul homiylik qilishda davom etadi. Chempionat nomi esa barcha manbalarda PEPSI Superliga deya ko‘rsatiladi.

Manba: www.pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PEPSI 2019 yilda ham O‘zbekiston Superligasiga titul homiy bo‘ladi