Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Ismoilov (4-0, 3 KO) navbatdagi jangini 17 aprel kuni o‘tkazadi.
Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov (4-2-1, 2 KO) raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. GoSport.uz xabariga ko‘ra, mazkur boks oqshomi kemada ya’ni ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo‘lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to‘xtab o‘tadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib bormoqda. So‘nggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi