17:13 / 17.05.2019
2 834

Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
18 may, shanba kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov (4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Shu kuni Elnur tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi qarshi ringga chiqadi.

Mazkur boks oqshomi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan «RMK yakkakurashlar akademiyasi» sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Janglar Rossiyaning BOKS TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni o‘zbekistonlik boshqa bokschilar yengil vazn toifasida Ravshanbek Umrzoqov (8 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) va ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elnur Abduraimovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi