19:17 / 14.06.2019
3 025

Ravshan Ermatov O‘FAda Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi

Ravshan Ermatov O‘FAda Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlar zalida tashkilotning navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Tribuna.uz muxbiri xabar berishicha, yig‘ilish vaqtida FIFA referesi Ravshan Ermatov nomzodi O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga taklif qilindi. Uning nomzodi qo‘llab-quvvatlandi va u tashkilot vitse-prezidenti etib saylandi. U o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan Umid Ahmadjonovning o‘rnini egalladi.

Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida 11ta o‘yinda bosh hakam sifatida ishlagan va bu borada rekordchi hisoblanadi. Ermatov 5 marta Osiyoning eng yaxshi hakami bo‘lgan va bir marta «Globe Soccer Awards» talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi hakami bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov O‘FAda Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi