251
Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq"
Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Saad Al-Shehri va jamoa sardori Faysal Al-Gamdi O‘zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz?
- Barchaga xayrli kun. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l olgan barcha terma jamoalarga omad tilayman. Ertaga finaldan oldingi final bizni kutib turibdi. Raqibimiz ham bizga tanish bo‘lgan O‘zbekiston. Ertangi uchrashuv qiziqarli o‘tishiga shubham yo‘q.
Faysal Al-Gamdi
- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Ertangi uchrashuv musobaqadagi eng qiziqlaridan biri bo‘ladi deb o‘ylayman. Uchrashuvga tayyormiz.
- O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi raqibni tahlil qilib chiqdim deb aytib o‘tdi. Siz O‘zbekiston terma jamoasini qanchalik o‘rganib chiqdingiz? Ularning tarkibi va jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilar va boshqa jihatlar juda ko‘p?
- Guruh bosqichida barcha jamoalar uchtadan o‘yin o‘tkazishdi va ularni o‘rganishga imkoniyatimiz bo‘ldi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi so‘ngi yillarda juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazdi va tajriba to‘pladi.
- Yana bir marotaba o‘tgan Osiyo kubogini eslasak, tarkibingizda bir nechta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu sizlarga qiyinchilik to‘g‘dirmaydimi?
- Hozirgi tarkibimiz ham yetarlicha tajribaga ega. Bizning safimizda nafaqat o‘tgan Osiyo kubogidagi finalda, balki kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogi va milliy terma jamoa safida JCH saralashida ishtirok etayotgan futbolchilar ham bor. Bu bizga muammo bo‘lmaydi deb o‘ylayman.
- O‘zbekiston terma jamoasi bilan so‘nggi yillarda juda ko‘p marotaba to‘qnash keldingizlar. Osiyo o‘yinlari musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi to‘qnashuvda O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi. O‘sha uchrashuvdan xulosa chiqardingizmi?
- Biz o‘ynagan har bir uchrashuvdan dars olamiz. O‘ylaymanki, ertangi uchrashuv Xitoyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan yaxshiroq bo‘ladi.
- O‘zbekiston bilan o‘ynagan qaysi tarkibingizni kuchliroq deb o‘ylaysiz? Finaldagimi yoki ushbu musobaqada ishtirok etayotgan tarkibmi?
- Menimcha, hozirgi vaqtdagi avlodimiz kuchliroq. To‘g‘ri, biz 2022 yilda chempion bo‘lganmiz, ammo u musobaqada Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berilmagan edi. Ayni damdagi tarkib bilan musobaqada g‘olib bo‘lishni va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz.
Faysal Al-Gamdi
- Guruh bosqichida ikkita uchrashuvda g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etdingizlar. Stadiondagi muxlislarning qo‘llab quvvatlashi yaqqol sezilib turdi. Ertangi uchrashuv oldidan saudiyalik muxlislarga nimalar deya olasiz?
- Guruh bosqichini yaxshi o‘tkazdik deb o‘ylayman, ammo hozir u o‘yinlarni unutish kerak. Ertaga bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Saudiyalik muxlislar bizni yanada kuchliroq ko‘llab quvvatlashlariga ishonaman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi