2 742
Amerika Kubogi. Keyrush boshchiligidagi Kolumbiya termasi Argentinani mag‘lub etdi (video)
Amerika Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. “Fonte Nova” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda kolumbiyaliklarning qo‘li baland keldi.
O‘yin o‘rtacha tempda boshlandi va keskin to‘qnashuvlarga boy bo‘ldi. Tanaffusga qadar Kolumbiya futbolchilari kichik ustunlikka ega bo‘lishdi, biroq buni hisobda aks ettira olishmadi.
Ikkinchi bo‘limni ham nominal mehmonlar faol boshlashdi, vaqt o‘tgan sari argentinaliklar ham raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishdi.
Ammo birinchi bo‘lib hisobni ochish kolumbiyaliklarga nasib etdi. 71-daqiqada Roxer Martines chap qanotda Xames Rodrigesdan uzatma qabul qilib oldi va markaz tomon yurib, himoyachini ortda qoldirgan holda kuchli zarba yo‘llab, darvozani ishg‘ol qildi.
Goldan keyin ham xuddi avvalgi daqiqalardagidek Lionel Messi jamoadoshlari oldingi chiziqda hech narsa qila olishmadi. 86-daqiqada Kolumbiya ikkinchi golni urdi, chap qanotdan uzatib berilgan to‘pni Duvan Sapata darvzozaga “mixlab” qo‘ydi.
Shu tariqa, Karlush Keyrush shogirdlari uch ochkoni qo‘lga kiritgan holda guruhda yetakchi bo‘lib olishdi. Ushbu guruhning ikkinchi o‘yini bugun tunda bo‘lib o‘tadi. Unda Paragvay va Qatar termalari to‘qnash kelishadi.
Amerika Kubogi, 1-tur
Argentina – Kolumbiya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 71 Martines, 0:2 – 86 Sapata.
Argentina – Armani, Petsselya, Talyafiko, Saraviya, Otamendi, Lo Chelso, Paredes, Rodriges (Pisarro, 67), Di Mariya (de Paul, 46), Messi, Aguero (Suares, 79).
Kolumbiya – Ospina, Mina, Tesilo, Medina, Sanches, Kuadrado (Lerma, 64), Barrios, Uribe, Xames, Muriel (Martines, 14), Falkao (Sapata, 81).
Ogohlantirishlar: Falkao (19), Rodriges (42), Saraviya (52), Paredes (55), Kuadrado (60), Sapata (87), Lerma (90+4).
***
Martinesning golini tomosha qiling:
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi