23:38 / 08.09.2019
3 410

Iroq - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan. Iroq bilan necha marta o‘ynaganmiz?

Iroq - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan. Iroq bilan necha marta o‘ynaganmiz?
Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahrida Iroq bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Ikkala jamoa ham 5 sentyabr kuni JCh-2022 saralashi doirasida 1-tur o‘yinini o‘tkazdi va 2-turda dam oladi.

Iroq safarda Bahrayn bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, O‘zbekiston safarda Falastinga yutqazib qo‘ydi - 0:2.
Iroq va O‘zbekiston shu kunga qadar 8 marta o‘zaro o‘yin o‘tkazishgan.

Kattagina ustunlik vakillarimiz tomonida. Terma jamoamiz besh marta Iroqni mag‘lub etgan. Ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan. Iroq o‘z tarixida bir marta O‘zbekiston ustidan g‘alaba qozongan xolos.

Bu jamoaga qarshi oxirgi 4ta o‘yinning barchasi o‘rtoqlik maqomida o‘tgan. 2004 yil JCh-2006 saralashi doirasidagi o‘yin Iroqdagi siyosiy vaziyat tufayli aynan Amman shahrida o‘tkazilgan. Demak, bu ikki jamoa ikkinchi marta Ammanda to‘qnash kelishadi.

Jamoalar o‘rtasidagi barcha o‘yinlar natijasi
01.09.2000 Iroq - O‘zbekiston 2:0 | "To‘rt millat kubogi"
18.02.2004 O‘zbekiston - Iroq 1:1 | JCh-2006 saralashi
18.07.2004 Iroq - O‘zbekiston 0:1 | Osiyo Kubogi-2004
13.10.2004 Iroq - O‘zbekiston 1:2 | JCh-2006 saralashi
02.07.2007 Iroq - O‘zbekiston 0:2 | O‘rtoqlik
25.12.2014 O‘zbekiston - Iroq 1:0 | O‘rtoqlik
28.12.2014 O‘zbekiston - Iroq 0:0 | O‘rtoqlik
24.07.2016 O‘zbekiston - Iroq 2:1 | O‘rtoqlik

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iroq - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan. Iroq bilan necha marta o‘ynaganmiz?