Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi.
2018-yilning avgust oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi OʻFA xabarida.
Ektor Kuper bilan 2018-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 30-noyabrigacha, JCH-2022 saralash sikli uchun shartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa Qatarda oʻtkaziladigan mundialga yoʻllanma olsa shartnoma avtomatik tarzda turnir yakunigacha uzaytirilishi koʻzda tutilgandi.
Oʻtgan vaqt mobaynida Kuper Oʻzbekiston terma jamoasini 17 oʻyinda maydonga boshlab tushdi, bu oʻyinlarda 7 gʻalaba, 4 durang va 6 bor magʻlubiyat qayd etildi. 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Avstraliyaga penaltilar seriyasida yutqazdi (0:0, 2:4).
Maʼlumotlarga koʻra, endilikda terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun ikki nomzod koʻrib chiqilmoqda: 2017-yildan buyon “Paxtakor”da ishlayotgan Shota Arveladze va hozirda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi