07:43 / 01.10.2019
2 357

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga ta’sir qilyapti"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga ta’sir qilyapti"
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev AGMK klubiga uchralgan mag‘lubiyat (1:2)dan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugungi o‘yinda jamoamiz charchab qolgani ko‘rinib qoldi. Birinchi bo‘limni teng kurashlar ostida o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limning 15 daqiqalaridan so‘ng, tashabbusni AGMKga boy berib qo‘ydik. Qarshi hujumlarda vaziyatlar bo‘ldi. Ammo, bulardan naf chiqara olmadik.

Aniqroq harakat qilishimiz kerak edi. 94-daqiqada standart vaziyatda oldinga berilib ketdik va qarshi hujumda Baydullayevning individual harakatlari evaziga gol o‘tkazib yubordik. Lekin, futbolchilarimiz bor kuchlari bilan yaxshi natija uchun harakat qilishdi. Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga ta’sir qilyapti", – deydi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Hozir jamoaning jismoniy holati yaxshimasligi, natijalarga ta’sir qilyapti"