Professional bokschi Beterbiyev ikkita kamarni o‘zida birlashtirdi (video)

  • 19 oktyabr 2019, 10:50
  • 585
  • Sport
  • Professional bokschi Beterbiyev ikkita kamarni o‘zida birlashtirdi (video)
    AQShning Filadelfiya shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy jangida rossiyalik Artur Beterbiyev hamda ukrainalik Aleksandr Gvozdik bilan birga ringga ko‘tarildi.

    Ushbu jang birlashuvtiruvchi mohiyatga ega bo‘lgani bois, g‘olib bokschi WBC va IBF tasniflari bo‘yicha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritar edi. Og‘ir va jangovar ruhda kechgan bahsda rossiyalik bokschining qo‘li baland keldi. U o‘ninchi raundda raqibini nokaut qilishning uddasidan chiqdi. Shunday qilib, u endilikda yengil og‘irvazn bo‘yicha WBC va IBF tasniflarida jahon chempioni hisoblanadi.

    Rossiyalik Artur Beterbiyev professional bokschilik faoliyatida shu vaqtga qadar 14ta jang o‘tkazib, raqiblarining barchasini nokaut qilgan bo‘lsa, ukrainalik Aleksandr Gvozdik bunga qadar 17 qadar jang o‘tkazgan va shundan 14tasida raqibini nokaut qila olgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Professional bokschi Beterbiyev ikkita kamarni o‘zida birlashtirdi (video)