"Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz?

  • 21 oktyabr 2019, 00:30
  • 662
  • Sport
  • "Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz?
    Ba’zi sportchilar bo‘ladiki, o‘z yo‘nalishini san’at darajasiga olib chiqadi. Ular qanday natija ko‘rsatishidan qa’tiy nazar, har doim muxlislar yoqimtoyi bo‘lib qolaveradilar. Jumladan, boks olamida ham shunday charmqo‘lqop ustalari talaygina topiladi. Misol uchun, Muxammad Ali, Mayk Tayson, Roy Jons, Arturo Gatti bunday nomlarni uzoq davom ettirish mumkin.

    Albatta, bu bokschilar tarixga aylanib ulgurgan. Hozirda ham ana shunday e’tibor qozonayotganlar yo‘q emas. Biz bugundan boshlab yangi "Iste’dod" ruknini yo‘lga qo‘ydik. Mazkur loyihada professional boks hamda MMA olamidagi yangi paydo bo‘layotgan yulduzlar haqida ma’lumotlar va ular ijrosidagi videorolikni taqdim etib boramiz.

    Dastlabki qahramonimiz 25 yoshli britaniyalik Josh Kellidir. Uni boks olamida ikkinchi Lomachenko deb ham e’tirof etishadi. U yana 'Pretty Boy' ya’ni "Yoqimtoy bola" nomi bilan ham mashhur. Josh 1994 yil 7 martda Buyuk Britaniyaning Sanderlend shahrida tavallud topgan. Havaskor boksda 2013 yil Angliya chempioni, 2015 yil Yevropa o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. 2016 yilgi Rio Olimpiadasining 1/8 finalida qozog‘istonlik Daniyar Yeleussinovdan mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qozog‘istonlik bokschi Aslanbek Shimbergenovdan ham 2016 yil WSB seriyasida mag‘lub bo‘lgan edi. Kelli professional boksga 2017 yil qadam qo‘ydi. U yarim o‘rta, ya’ni 66.7 kg vazn toifasida faoliyat yuritadi.

    Hozirda WBC reytingida 15 WBA da 11 o‘rinda qayd etilgan. Aynan ushbu vazn toifasida yurtdoshimiz Qudratullo Abduqahhorov ham o‘z janglarini o‘tkazishidan xabaringiz bor. Britaniyalik shovvoz ikki yil mobaynida 10 ta jang o‘tkazishga ulgurdi. Ularning 9 tasida g‘alaba qozonib, bir bora durang qayd etgan. G‘alabalarining 6 tasini nokaut evaziga qo‘lga kiritgan. Birgina durang joriy yilning birinchi iyunida Rey Robinson bilan bo‘lgan jangda qayd etilgandi.
    Xullas, ushbu bokschini yaqin kelajak yulduzlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
    Uning janglaridan qisqa lavhalarni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO

    Manba: Sports.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » "Iste’dod". Professional boksning jozibasini ko‘rmoqchimisiz?