15:30 / 26.11.2019
2 198

Fazliddin Gʻoyibnazarovning raqibi aniq boʻldi

Fazliddin Gʻoyibnazarovning raqibi aniq boʻldi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin Gʻoibnazarovning (7-1, 4 KO) Qozogʻistonda 16-dekabr kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi haqida xabar berib oʻtgan edik. Lekin raqibi aniq emas edi.

Bu borada bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpoʻlatov oydinlik kiritdi. Yurtdoshimizga ushbu jangda argentinalik Mauro Maksimiliano Godoy raqiblik qiladi. Mazkur charmqoʻlqop ustasi juda tajribali boʻlib, u profi ringda 38 marotaba jang oʻtkazgan. Ularning 32 tasida gʻalaba qozonib, 5 marotaba magʻlubiyat va bir bor durang qayd eta olgan. Gʻalabalarining 17 tasini nokaut evaziga qoʻlga kiritadi.

Eslatib oʻtamiz: Gʻoibnazarovning 9-jangi 16-dekabr kuni Qozogʻistonning Almati shahrida boʻlib oʻtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin Gʻoyibnazarovning raqibi aniq boʻldi