11:23 / 16.01.2020
4 092

Xayrulla Hamidov O‘zbekiston OTJning kechagi mag‘lubiyati borasida nimalar dedi?

Xayrulla Hamidov O‘zbekiston OTJning kechagi mag‘lubiyati borasida nimalar dedi?
Xabaringiz bor, kecha Tailand poytaxti Bangkok shahrida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichining oxirgi turida Janubiy Koreya bilan kuch sinashdi. Asosan raqibning ustunligida o‘tgan bellashuvda koreyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

O‘yindan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi o‘zining sahifasida uchrashuvga oid o‘zining fikrlarini yozib qoldirdi.

- Hammasi ssenariy ostida ketyapti: Furor ko‘tarib chiqish yaxshimasdi pley-offga, ustida ishlamay qo‘yardi olimpiya jamoamiz. Endi jimgina, hech qanday pafossiz taraddud ko‘radi Drulovich.
Mana shunaqa tanqidiy ruhga sabab o‘yin guruhning oxirgi o‘yini bo‘lgani yanada yaxshi. Pley-offda yomon o‘ynagandan ko‘ra.

Keyin e’tibor beryapsizmi, Eron bilan yaxshi chiqmagan o‘yinimiz yigitlarga mas’uliyat yuklagandi - Xitoyni ezib tashlashdi. Yaxshi o‘yindan so‘ng birdan "erkalanish" boshlandi. Yana o‘sha Erondan keyingi o‘yin singari xulosa chiqarishadi, deb umid qilamiz.

Faqat, yigitlar, pley-offdagi hamma o‘yinda yaxshi o‘ynash kerak. U yerda birinchi va uchinchi o‘yinimiz yo‘q. Barchasi final maqomida. Omad!!!
- dedi Xayrulla Hamidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov O‘zbekiston OTJning kechagi mag‘lubiyati borasida nimalar dedi?