17:45 / 20.01.2020
2 158

Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi

Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi
Kecha APL doirasida "Liverpul" - MYU qarama-qarshiligi kuzatildi. Bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi.
O‘yindan so‘ng taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida "Leverpul" namoyish etayotgan o‘yin borasida to‘xtalib o‘tdi.

- Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi.
Aynan shuncha kun "Liverpul" APLda yutqazmayapti. Bu takrorlanmas rekord yoki tarixiy ko‘rsatkich emas, uning o‘ziga xos tomoni Klopp jamoasi go‘yoki raqamlar uchun o‘ynamayotgandek. Bu klub haqida - killerlar, mashina, benuqson mexanizm kabi so‘zlar ham ishlata olmaysiz. Shunchaki jamoa futboldan o‘zi ham zavq olyapti va muxlislarga ham zavq beryapti. Raqamlar esa yo‘l-yo‘lakay oshib bormoqda.

Deylik, ba’zi insonlar boyish uchun har ishga qo‘l uradi, kechayu kunduz tinim bilmaydi, qoida va qonunlarni chetlab o‘tadi, odamgarchiligu mehr-oqibatni unutadi, lekin yakunda o‘z maqsadiga erishadi, boyiydi. Boshqa bir toifa borki, ular shunchaki o‘zi sevib qiladigan ishini a’lo darajada bajaradi va yo‘l-yo‘lakay boyib ham boradi. Shu ikkinchi toifani eslatyapti Klopp va uning yigitlari.

Yuzaki hammasi oson va yengil kechayotgandek. Ammo bilamizki, sportda chetdan qaraganda yengil ko‘ringan har qanday harakat tagida og‘ir mehnat yotadi (g‘ashga tegadigan shtamp gap, bilaman, lekin haqiqat-da).

Juda katta siri ham yo‘q bularni. Boshida himoya chatoq edi, Virjilni oldi. Darvozabon pand bergandi, Alisson keldi. Boksing-dey va mavsum ohirida charchab qolayotgandi, ko‘proq rotatsiya ishlatishni boshladi. Robin Gudga chiqarib qo‘yishgandi, endi duch kelganni urib kelmoqda. Hammasi mantiqiy va tushunarli bajarilmoqda.

Yana sabablar ko‘p. Bitta postga sig‘maydi. Keyinga qoldiraman.
Ha, Alisson deganga esga tushdi, u jamoasi darvozabonlari orasida 10 yilda birinchi bor assist muallifiga aylandi. Undan avval 2010 yilda Reyna Torresga golli uzatma bergandi.

Salah esa APLda o‘ziga qarshi o‘ynagan 24 klubdan 23 tasi darvozasiga gol urdi. Faqat "Suonsi" Chempionshipga qochib qutilgan.
Mana, tahliliy post ham informativga aylanib ketti. Informatsion oshxona mahsulotimiz, nima qilsa ham
, - deya fikrlarini yakunladi Davron Fayziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning “1001 kecha” ertagi