OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda jamoa posboni Ignatiy Nesterov ishtirok etishdi.
- Birinchidan, mavsumning bunchalik erta boshlanishiga unchalik ko‘nikmaganmiz. Mavsumoldi yig‘inlarida uchrashuv uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rdik. Shu boisdan ko‘rilgan tayyorgarlikning mevasini ertaga ko‘rsatmoqchimiz. Yigitlar o‘zlarining professional xislatlarini namoyish etishlari lozim, deydi Andrey Fyodorov.
- Sizda yangi o‘yin uslubi, yangi falsafa bormi?
- Albatta yangi uslublar bor. Har doim raqibga qarab o‘ynash qiyin bo‘ladi. Tarkibimizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Shu boisdan vaziyatdan chiqib ketish kerak bo‘ladi. Ertangi o‘yinda esa mavsumda qanday rejalar tuzganimizni ko‘rib olasiz.
- Raqib haqida nima deya olasiz?
- Raqiblarning "Qo‘qon"ga qarshi o‘yinini tomosha qildik. Biroq raqiblarni o‘rganish uchun ko‘p ham imkoniyat bo‘lmadi. Menimcha, "Istiqlol"da ham "Lokomotiv" borasidagi ma’lumoti bizdagi kabi, ma’lumotlar kam. "Istiqlol" bir necha bora OFK kubogi finallarida o‘ynagan.
- Jamoaga ko‘plab eski futbolchilar qaytishdi. Bu kimning tashabbusi.
- Eski futbolchilarni qaytarish - mening ishim. Ularning sifatlari, harakatlari menga yoqadi. Yangi olib kelish klubning budjeti va murabbiyning xohishiga bog‘liq bo‘ladi.
- "Lokomotiv"da moliyaviy inqiroz yo‘qmi?
- Yo‘q. Bizda bunday holat bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. Rahbariyat bu yil yanada yaxshi sharoit yaratib berishga va’da berdi.
- Bu bitta o‘yindan iborat. Bu sizlarga ustunlik beradimi?
- Odamlar uy va safarda o‘yinlar bo‘lishini istashadi. To‘g‘ri bu adolatli emas, ammo buni biz o‘ylab chiqarmaganmiz.
- Bu o‘yin men uchun alohida ahamiyatga ega. Birinchi marta OCHL saralash o‘yinida qatnashyapman. Uchrashuvda g‘alabaga erishib, guruh bosqichiga yo‘llanma olmoqchimiz. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, deydi Ignatiy Nesterov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”