
Tojikiston futboli afsonalaridan biri Muhsin Muhammadiyev 60 yoshida vafot etdi. Bu xabar futbol jamoatchiligi, ayniqsa o‘zbek futboliga befarq bo‘lmagan muxlislar uchun og‘ir yo‘qotish bo‘ldi.
Muhammadiyev O‘zbekistonda ham yaxshi tanilgan edi: futbolchilik faoliyati davomida “Buxoro” va “Dinamo” klublarida to‘p surib, mahalliy muhitda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan.
Keyinchalik u murabbiylikka ham o‘tdi va 2019–2020-yillarda “Buxoro” jamoasini boshqargani bilan esda qoldi.
Oldinroq uning ahvoli og‘ir ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Afsuski, bu kurash baxtli yakun topmadi.
Muhsin Muhammadiyevning yaqinlari va uni yaxshi ko‘rgan barcha muxlislariga sabr tilaymiz. Uning nomi va futbolga qo‘shgan hissasi xotiralarda qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.