date

2025 yilda ota-ona bo‘lgan mashhurlar...

2025 yilda ota-ona bo‘lgan mashhurlar...

2025 yil ko‘plab san’atkorlar va blogerlar uchun quvonchli va baxtli voqealarga boy bo‘ldi. Shu yil mashhurlar oilasiga yangi a’zolar qo‘shildi:

1. Xonanda Malika Ravshanova 28 aprel kuni 42 yoshida 4-marta ona bo‘ldi. Qiziga Sadiya deb ism qo‘yishdi.

2. Rixsitilla Abdullayevning o‘g‘li Tojirahmon 21 iyunda ilk bor ota bo‘ldi. Qiz farzandiga Aisha deb ism berishdi.

3. Dilbar Zokirova 20 iyul kuni 2-marta o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Yangi mehmonning ismi Firdavs.

4. Xonanda Afruza 25 iyul kuni ilk bor ona bo‘ldi va o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.

5. Bokschi Shaxram G‘iyosov avgust oyida qiz farzandli bo‘ldi.

6. Feruza Yusupova va Abduvali Sahiyev 23 sentyabrda ilk bor ota-onalik baxtiga erishishdi. Qizalog‘iga Shamsiya deb ism qo‘yishdi.

7. Aktyor Shaxriyor Baxtiyorov 14 dekabr kuni 2-bor ota bo‘ldi. O‘g‘liga SamiYusuf deb ism tanlashdi.

8. Aktyor Obid Nasriddinov 2-marta ota bo‘ldi va o‘g‘il farzandiga Muhammadamin deb ism berishdi.

9. Xonandalar Layli va Majnun mart oyida ilk bor ota-onalik baxtiga erishishdi va egizak farzandli bo‘lishdi. Egizaklaridan o‘g‘liga Umar, qiziga esa Rayyona deb ism qo‘yishdi.

10. Paralimpiyachi Asila Mirzayorova 22 noyabr kuni ilk marta ona bo‘ldi. Qiziga Rihana deb ism tanlashdi.

11. Dzyudochi Diyora Keldiyorova avgust oyida ilk bor ona bo‘ldi va qizalog‘iga Ziyara deb ism qo‘yishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » 2025 yilda ota-ona bo‘lgan mashhurlar...