17:15 / 22.01.2020
2 267

Vadim Abramov: Guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz

Vadim Abramov: Guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz
OCHL 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Al Zavra" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (4:1) so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hammalani tabriklayman! Shunday noqulay ob-havoda bizga yordam bergan barchaga rahmat deyman! Uchrashuv qiyin kechdi. Kecha raqib bosh murabbiyining aytgan gaplari noto‘g‘ri ekanligini aytgandim. Biz bugun jiddiy raqibga qarshi maydonga chiqdik. Guruh bosqichi uchun bir qadam tashladik.

Nurmuradovning jarohati haqida ertaga aniq fikr bildira olamiz.Yangi o‘yinchilarning harakatlaridan qoniqdim. Chunki bu birinchi uchrashuv. Yanvar oyida, bunday iqlimda to‘p surish oson emas. O‘ylashimcha, yangi futbolchilar bugun borligini ko‘rsata olishdi. G‘ulom-Haydar G‘ulomov qaysi chiziqda foyda keltirsa, o‘sha chiziqda undan foydalanamiz.

An’anani davom ettirishni, guruh bosqichiga chiqishga umid qilamiz. "Al Ayn" boshqa raqib, boshqa maydon. O‘ylaymanki, an’anani saqlab qolamiz
", - dedi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: Guruh bosqichiga chiqishga harakat qilamiz