Joriy yilning 17-19 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha tarixda ilk bor Osiyo chempionati o‘tkaziladi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqada qit’amizning 10 dan ziyod mamlakatlaridan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etadi. Turnir poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ushbu musobaqa doirasida yangi tashkil qilinayotgan Osiyo O‘zbek jang san’ati federatsiyasining ta’sis majlisi ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbek jang san’ati sport turi 2009 yil 14 aprel kuni Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari aynan mana shu jang san’ati bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston O‘zbek jang san’ati federatsiyasi ushbu sport turini “YUNESKO” nomoddiy-madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish yo‘lida amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi