Beeline FTTB va ADSL texnologiyalaridan foydalanuvchi keng polosali simli internet abonentlari uchun yangi internet-paketlar tizimini ishga tushirmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz. Bu mijozlarga o‘zlarining asosiy limitini ishlatib bo‘lgandan so‘ng qo‘shimcha trafik hajmini olishga imkon beradi.
“Endi abonentlar trafik tugashi va yangi oy boshlanishini kutib xavotirlanmasliklari mumkin. Yangi paketlar tarif chegarasidan oshgan holda mablag‘ni tejab, xuddi o‘sha mablag‘ga ko‘proq gigabayt olishga yordam beradi”, deb ma’lum qildi Buzton QK bosh direktori O‘raz Abdurazzaqov.
Shaxsiy kabinetda 6ta yangi internet-paketlar tizimi mavjud, ularni 140-02-22 raqami orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati operatori yordamida yoki Beeline ofislarida yoqtirish mumkin:
Internet-paket 1
• trafik hajmi – 1 100 Mb
• narxi – $10
Internet-paket 2
• trafik hajmi – 2 200 Mb
• narxi – $15
Internet-paket 3
• trafik hajmi – 4 300 Mb
• narxi – $20
Internet-paket 4
• trafik hajmi– 6 600 Mb
• narxi – $25
Internet-paket 5
• trafik hajmi– 8 800 Mb
• narxi – $35
Internet-paket 6
• trafik hajmi – 13 300 Mb
• narxi – $50
Internet paketlar “Yangi tezlik” va “Tungi tezlik” tarif rejalarida xarid qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. To‘liq tafsilotlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi