Samsung Electronics O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

  • 29 avgust 2016, 12:16
  • 4 629
  • Texnologiya
  • Samsung Electronics O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

    Yoshlar tashabbuslari markazi nodavlat-notijorat tashkiloti hamda Samsung Electronics Co.LTD'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolashdi. Unga ko‘ra, har ikki tashkilot axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishadi, deyiladi "Kun" nashrida.

    Shuningdek, «Intellect2all» respublika tanlovi doirasida joriy yilning kuz oylarida Samsung Electronics injenerlari tomonidan loyiha ishtirokchilari uchun mahorat darslari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

    «Intellect2All-2016» barcha finalchilari Samsung Employee Volunteer Program ta’lim dasturiga ko‘ra, kompaniya xodimlarining ilg‘or tajribasini o‘rganib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

    Qayd etib o‘tish kerakki, NEVP – bu Samsung Electronics'ning global loyihasi bo‘lib, 2010 yildan amalga oshirib kelinadi. Hozirgi kungacha mamlakatimizning ko‘plab yigit-qizlari ushbu ta’lim dasturi asosida o‘z malakalarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Joriy yilda «Intellect2All» tanlovining finaliga 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar yo‘l oldilar. Tanlov mamlakatimizning 7 hududida 18 maydan 30 iyunga qadar o‘tkazildi. Tanlovning final bosqichi joriy yil ICTWEEK Uzbekistan-2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadi. Tanlovning mukofot puli 30 million so‘mni tashkil etadi.

    Eslatib o‘tamiz, «Intellect2All» loyihasi Yoshlar tashabbuslari markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilib, axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi loyihalarni saralab topish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yoshlarni qullab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samsung Electronics O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi