14:17 / 03.02.2017
6 607

Yangi Samsung Galaxy J7 modeliga Full HD ekran o‘rnatilmaydi

Yangi Samsung Galaxy J7 modeliga Full HD ekran o‘rnatilmaydi

Bundan bir necha hafta muqaddam yangi versiyadagi Samsung Galaxy J7 (2017) modelining suratlari va render videosi internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan edi.

Kuni kecha esa GFxBench benchmarkida ushbu smartfonga tegishli ayrim texnik parametrlar oshkor bo‘ldi, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.

Qurilmaga bir kristalli Exynos 7870 prosessori o‘rnatiladi. Samsung tomonidan tayyorlanadigan mazkur chipsetlar hozircha o‘zini faqat yaxshi tarafdan namoyon qilib kelmoqda. Model 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Eng qizig‘i, qurilmaga Full HD ekran emas, balki HD formatidagi ekran joylanadi. Qurilmaning 2016 yilda chiqarilgan versiya ham aynan mana shunday formatli ekran bilan jihozlangan. Displeyning diagonali 5,5 dyuymni tashkil etadi. Model Android Nougat versiyasida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi Samsung Galaxy J7 modeliga Full HD ekran o‘rnatilmaydi