6 351
VimpelCom nomini VEON‘ga o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, Unitel Beeline brendi ostida O‘zbekistondagi faoliyatini davom ettiradi
Dunyodagi abonentlari soni bo‘yisha oltinchi o‘rindagi VimpelCom Ltd. telekommunikatsion kompaniyasi aksionerlarning navbatdan tashqari majlisida nomini VEON‘ga o‘zgartirish haqidagi savolni ko‘rib chiqadi.
“VimpelCom rebrending o‘tkazmoqda, 30 mart kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari majlisda aksionerlar maqullashsa, o‘z nomini VEON‘ga o‘zgartiradi”, – deb 27 fevral kuni e’lon qiligan rasmiy xabarda aytilgan.
Nomning o‘zgartirilishi kompaniyaning 2017 yilning so‘ngiga qadar VEON internet-platformasini ishga tushirish strategiyasini tezlashtirish maqsadini belgilaydi. Bundan tashqari, VimpelCom II chorakda Amsterdamdagi Euronext‘da takroriy listing o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
VimpelCom faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi operasion kompaniyalarning brendlari o‘zgarmaydi, shunda VEON o‘z strategiyasini ommaga olib chiqish uchun mazkur savdo belgilarining yuqori darajadagi taniqliligidan foydalanishni rejalashtirgan. VEON Beeline, WindTre, Djezzy, Jazz, Kyivstar va Banglalink savdo belgilari va ularning bozor etakchilari maqomiga tayanadi.
Voqeani sharhlar ekan, MChJ Unitel‘ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov belgilab o‘tdi: “Aksionerlar tomonidan rebrending amalga oshirilishi haqida echim qabul qilinsa, bu faqat VimpelCom Ltd.ga tegishli bo‘ladi. Bizning kompaniyamiz O‘zbekistonda Beeline brendi ostida faoliyatini davom ettiradi”. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda