19:05 / 05.03.2017
6 054

Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi

Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi

1 martga o‘tar kechasi Amazon Web Services S3 AWS ma’lumotlarni saqlovchi eng yirik bulut tizimi faoliyatida sodir bo‘lgan nosozliklar butun dunyo miqyosidagi juda ko‘plab sayt va internet ilovalari faoliyatida buzilishni keltirib chiqardi. Bu haqda securitylab.ru'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Jabrlanganlar orasida Apple servislari (App Store, Apple Music, FaceTime, iCloud, iTunes, Photo) va Adobe, Komissiyaning qimmatli qog‘ozlar va AQSh birjalari saytlari, GitHub ishlab chiqaruvchilari uchun platforma, bir qator yangiliklar resurslari, Kickstarter kraudfanding platformasi, Mailchimp pochta servisi, Signal ilovasi va boshqalar qayd etilgan.

Amazon'ning Twitter'dagi xabariga ko‘ra, nosozliklar ko‘plab sayt va ilovalar foydalanuvchi ma’lumotlar joylangan S3 AWS tarmoq saqlovchisi faoliyatida kelib chiqqan. Saytlarga kirish bilan bog‘liq muammolar 3,5 soatdan ortiq davom etgan.

Buzilish Amazon'ning Virjiniyadagi ma’lumotlar markazida ro‘y bergan. Muammoni taxminan 4 soatdan keyin bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan. Kompaniya o‘z servisi faoliyatidagi buzilish sababini oshkor qilmadi.

Hozirda Amazon Web Services odatdagidek rejimida xizmat ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mart oyi boshida so‘nggi yillardagi eng yirik internet-kollaps kuzatildi