14:42 / 18.12.2017
5 708

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i 2017 yilning musiqiy natijalarini sarhisob qilmoqda

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i 2017 yilning musiqiy natijalarini sarhisob qilmoqda
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonlik foydalanuvchilari qaysi ijrochilarni va qo‘shiqlarni qayta-qayta tinglaganliklarini tahlil qildilar, hamda 2017 yilda ishga tushirilgan yangi musiqiy xizmatlar bilan tanishtirdi.

Odnoklassnikining O‘zbekistonlik foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqda har kuni nafaqat o‘zaro o‘zaro muloqot qilishadi, video ko‘rishadi va o‘inlar o‘ynashadi, ular virtual sovg‘alar xizmat orqali bayramlar bilan bir birlarini tabriklashadi, balki o‘z qiziqishlari, kayfiyatari va sharoitga qarab musiqa tinglaydilar. Odnoklassniki o‘z tahlili asosida eng ko‘p tinglangan 10 ijodkor ro‘yxatini taqdim etdi:

1. Svetlana Loboda
2. Yulduz
3. Luis Fonsi feat. Daddy Yankee
4. MiyaGi & Endshpil
5. Yegor Krid & Molly
6. Shahzoda
7. Grigoriy Leps
8. Nargiz
9. Ozodbek Nazarbekov
10. Jah Khalib

Ularda so‘ng Timati, Ani Lorak, Basta, Lola, Vremya i Steklo, Sevara va boshqa mashhur ijrochilar joylashdilar.
Foydalanuvchilarga yoqqan qo‘shiqlar o‘nligi esa shunday ko‘rinishga ega bo‘ldi:

1. Burak Yeter feat Danelle Sandoval – Tuesday qo‘shig‘i bilan
2. Luis Fonsi feat. Daddy Yankee - Despasito qo‘shig‘i bilan
3. Svetlana Loboda - Tvoi glaza qo‘shig‘i bilan
4. Gribы - Tayet Lyod qo‘shig‘i bilan
5. Svetlana Loboda - Sluchaynaya qo‘shig‘i bilan
6. Shohruhxon - Parizod qo‘shig‘i bilan
7. Mot feat. Ani Lorak - Soprano qo‘shig‘i bilan
8. Ummon - Izlaringa qo‘shig‘i bilan
9. Ed Sheeran - Shape of you qo‘shig‘i bilan
10. Burito - Po volnam qo‘shig‘i bilan

O‘nlikdagi qo‘shiqlar ortidan Yegor Krid & Molly «Yesli tы menya ne lyubish», MiyaGi & Endshpil «Tamada», Maks barskix «Moya lyubov», Basta «Sansara» va 2017 yilning boshqa qo‘shiqlari o‘rin oldi.

Mashhur qo‘shiqlar va ijrochilar ro‘yhati ularning tinglanish soni asosida tuziladi. Yaqinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida «Musiqa» xizmati orqali sevimli qo‘shiqlarining reytingini kuzatish imkoniyati yuzaga keldi va u yerda har xafta davomida eng yaxshi qo‘shiqlar ro‘yxati tuzilmoqda.

Bundan tashqari «To‘plamlar» bo‘limidagi yangliklardan biri kayfiyat, janrlar, kasb yoki sharoitlarga bo‘lingan mavzuli musiqa to‘plamlaridir. Ro‘yxatlar OKning musiqiy muharirlari tomonidan yig‘iladi va tez-tez yangilanib turiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i 2017 yilning musiqiy natijalarini sarhisob qilmoqda