Mashhur AnTuTu mobil ilovalar dasturchilari o‘tgan yil sarhisobi bo‘yicha eng ko‘p soxtalashtirilgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Tadqiqotlarga ko‘ra 2017 yilda 17 424 726 ta gadjet yuklangan bo‘lib, ularning 2,64 foizi boshqa brend qurilmalarining ko‘chirmasidir. Eng ko‘p ko‘chiriladigan brend Samsung bo‘lib chiqdi.
2017 yilda chiqqan klonlarning taxminan 36,23 foizi Samsung ning turli qurilmalari ko‘chirmalari bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda 7,72 foiz bilan Apple qurilmalari turibdi. Keyingi o‘rinlar 7,75 foiz bilan Xiaomi, 4,46 foiz bilan OPPO va 3,4 foiz bilan Huawei ga tegishli. Shuni ta’kidlash joizki, chakana savdoda qalbaki mahsulotlar bilan kurashni xitoylik brendlar o‘tgan yili boshlagan edi.
O‘tgan yilning eng ko‘p nusxa olingan qurilmasi Galaxy S7 Edge ning yevropa versiyasi bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda Galaxy S7 Edge ning xitoy versiyasi, uchinchi o‘rinda esa Galaxy S7 turibdi.
Apple ning eng ko‘p ko‘chirilgan smartfoni iPhone 7 Plus bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi