Norma.uz xabariga ko‘ra, mazkur yangilik 23 iyuldagi «Tijorat banklari bank kartalarining chiqarilishi va ularning O‘zbekiston Respublikasidagi muomalasi tartiblari to‘g‘risida"gi nizomda o‘z aksini topgan.
Birinchidan, virtual bank kartalari amaliyotga joriy etiladi. Bu internet tarmog‘idagi to‘lovlar uchun mo‘ljallangan fizik (plastik) tashuvchisiz maxsus bank kartasidir. Mohiyatan olganda, bunday karta to‘lovni amalga oshirish uchun zarur rekvizitlar ma’lumotlaridan iborat bo‘ladi. Virtual bank kartasi bank va mijoz o‘rtasida yozma shaklda yoki ofertani akseptlash orqali tuzilgan shartnoma asosida foydalanishga taqdim etiladi (tarqatiladi).
Internetda to‘lovlar amalga oshirilayotganda bank kartasining haqiqiyligini tekshirish uchun bank kartasining maxsus CVV (SVS) kodidan foydalaniladi.
Tegishincha, virtual terminal (E-POS) bank kartalari orqali to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish va amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha elektron sliplarni (kvitansiyalarni) shakllantirish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi.
Ikkinchidan, hujjatda bank kartasining qo‘shimcha – kobeyjingli turi qayd etilgan. Kobeyjingli bank kartasi uning old tomonida logotiplari aks ettirilgan bir nechta to‘lov tizimida (masalan, UZCARD vai UnionPay) ishlaydi.
Uchinchidan, bitta karta schyotiga bir nechta qo‘shimcha bank va virtual kartani ulashga ruxsat beriladi.
To‘rtinchidan, protsessing tashkilotiga (YaUPM) bank kartalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish paytida antifrod tizimi (ingl. fraud – firibgarlik) – firibgarlik operatsiyalarini baholash va oldini olish tizimidan foydalanish majburiyati yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?