"Xiaomi" kompaniyasi "Mi Notebook"ning eng arzon versiyasini taqdim etdi. Ekranining diagonali 15,6 dyuym bo‘lgan model sakkizinchi avlod "Intel Core i3" protsessorida ishlaydi.
Bungacha "Xiaomi" "Mi Notebook" noutbuklari "Intel Core i5" va "Core i7" bazasidagi, operativ xotirasi 4 yoki 8 gigabayt bo‘lgan versiyalarda taklif qilinardi. Yangi versiyaning operativ xotirasi 4 gigabaytga, doimiy xotirasi esa 128 gigabaytga teng. Qo‘shimcha flesh-xotiradan ham foydalansa bo‘ladi.
Noutbuk yetarli darajada ingichka – 19,9 millimetr. Klaviaturada kalkulyatorni, brauzerni va "Scroll Lock"ni yoqish uchun maxsus tugmalar bilan to‘ldirilgan alohida raqamli blok bor. Noutbukka "Microsoft Office" to‘plami ham o‘rnatilgan.
Ikkita "USB 3.0", "USB 2.0", "Ethernet", "HDMI interface", quloqchin va xotira kartasi uchun slotlar bor. Noutbukning Xitoydagi bahosi 491 dollarga teng. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda