"Counterpoint" tahlil kompaniyasi Xitoy smartfonlar bozorining uchinchi chorak yakunlarini sarhisob qildi. Smartfonlar sotish reytingida birinchi o‘ringa "Vivo" kompaniyasi chiqdi.
Kompaniya uchinchi chorak davomida 21,6 mln dona smartfon yetkazib bergan. Uning Xitoy bozoridagi ulushi 19,9 foizga yetdi (bu boradagi o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 2 foizni tashkil etdi).
21,4 mln dona smartfon sotgan "Oppo" kompaniyasining bozordagi ulushi 19,7 foizni tashkil etdi. Kompaniyaning sotuvlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga qisqardi.
Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarni "Huawei" va uning "Honor" brendi egallagan – "Huawei" brendi ostida 15,7 mln dona (bozordagi ulush – 14,5 foiz), "Honor" brendi ostida esa 13,3 mln dona (12,2 foiz) smartfon sotgan. Kompaniyalarning savdo hajmi 14 foizga oshgan.
"Xiaomi" 13 mln dona qurilma sotib (bozordagi ulushi 12 foizni tashkil etgan) beshinchi, "Apple" esa 8,4 mln dona qurilma sotib (ulushi – 7,7) oltinchi bo‘ldi. Bu kompaniyalarning savdo hajmi mos ravishda 15 va 17 foizga pasaygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi