«Hamma narsa me’yorida bo‘lishi kerak» degan oltin qoida super foydali oziq-ovqatlarga ham tegishli. Qaysi foydali oziq-ovqatlarning me’yordan oshiqchasi sizga xavf tug‘dirishi mumkin?
1. Braziliya yong‘oqlari
Bu g‘oyat katta yong‘oqlar — fertillikda va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatida muhim rol o‘ynovchi mikroelementlar va selenning miqdori bo‘yicha chempion hisoblanadi.
Braziliya yong‘oqlarini vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish sizga foyda keltiradi, lekin ular har kuni yeyilsa, unda selendan zaharlanish yuz berishi mumkin. Zaharlanish sochlar to‘kilishi, nevrologik va me’da-ichak buzilishlari, bosh aylanishi, hatto infarkt va buyraklar yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. «Bir haftada bir-ikki marta 1-2 dona braziliya yong‘oqlarini iste’mol qilish bilan cheklaning», tavsiya qiladi parhezshunos Jessika Kording.
2. Ismaloq va lavlagi
Tabiiyki, bu sabzavotlarning har biri — foydali moddalarning koni. Lekin bundan tashqari ularning tarkibida katta miqdorda oksalatlar — shovul kislotasining tuzlari mavjud. Oksalatlar organizmdagi foydali bakteriyalarga yordam beradi.
Shunga qaramasdan, agar sizda buyraklarda toshlar paydo bo‘lishga moyillik bo‘lsa, ratsioningizda bu sabzavotlarning oshiqchasi zarar keltirishi mumkin. «Buyraklarning vazifasi — bu moddani organizmdan chiqarib yuborish. Agar buyraklaringizda toshlar bo‘lsa, unda u bu vazifani bajarishdan to‘xtaydi va shovul kislotasi tuzlari ularda o‘tirib qoladi va toshlar paydo bo‘ladi», ogohlantiradi Kording.
Bunday hollarda shunga o‘xshash oziq-ovqatlardan butunlay voz keching.
3. Qizil go‘sht, ustritsa va oq dukkaklilar
Bularning hammasi — mushaklarga kislorod yetkazib berishda muhim rol bajaruvchi temir moddasining boy manbalari hisoblanadi. Garchi organizmda temirning yetishmasligi charchoqlik va madorsizlanishga olib kelsa ham, uning ortiqchasi jigar faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin.
Albatta ko‘pchilik odamlar temirni ovqatdan ololmaydi. Lekin temirli qo‘shimchalarni qabul qilish — parhezshunos bilan maslahatlashishga sabab bo‘la oladi. «Yetishmovchilik borligini aniq topish va uni tartibga keltirish choralarini to‘g‘ri tanlash juda muhimdir, bu xoh ovqat va xoh qo‘shimcha bo‘lsin», deydi Kording.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi