Ular o‘tkazgan tadqiqotlarda ko‘ngillilar kuniga 500 millilitrdan sovuq choy ichishdi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ishtirokchilar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida mutaxassislar asosan qon bosimi, tana a’zolariga kislorod yetib borishi, tanadagi zahira yog‘lar miqdoriga e’tibor qaratishdi. Kuniga sovuq choy ichgan ishtirokchilar organizmida jiddiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Birinchi navbatda zahira yog‘larning asta-sekin kamaya borishi ko‘zga tashlandi. Bundan tashqari, arterial qon bosimi va tanaga kislorod yetib borishi me’yoriy darajaga yetibdi. Organizmning quvvat sarflash darajasi sovuq choy ta’sirida 8, 3 foizga ko‘payganligi ham ma’lum bo‘ldi. Bunga qadar bir guruh ko‘ngillilarga har kuni qaynoq choy berila boshlagandi. Ular organizmidagi quvvat sarflanish darajasi atigi 3,7 foizni tashkil etdi.
Darvoqe, sovuq choy deganda, ham qora, ham ko‘k choy tushunilishi zarur ekan. Ikkala turdagi sovuq choy ham organizmga bir xil ta’sir ko‘rsatarkan. Qolaversa, sovuq choyni yalpiz, rayhon kabilardan tayyorlab ichish ham faqat foyda beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi